Joriy yilning 20-sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida tashkil etilgan majlisida Markaziy saylov komissiyasi 2019-yil 22-dekabrni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgilagan edi. Shu munosabat bilan siyosiy partiyalar, xususan, Oʼzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bugungi kunda saylov oldi targʼibot-tashviqotlari kun sayin faollashtirmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor T.Teshabayev hamda OʼzMTDP Toshkent shahar va Yunusabod tuman kengashlari vakillarining uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda saylov oldi targʼibot ishlari, yangi saylov kodeksi bilan bogʼliq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda TАTUda tashkil qilingan Boshlangʼich partiya tashkiloti faoliyatini yanada jonlantirish, boʼlajak siyosiy tadbirdagi faol ishtiroki bilan bogʼliq masalalarda oʼzaro fikr almashildi.
Shu kuni TАTUda Boshlangʼich partiya tashkilotining yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda partiya faoliyati va yangi saylov Kodeksi haqida keng maʼlumotlar berildi.
TATU matbuot xizmati