
Joriy yilning 16-may kuni Samarqand shahar 9-son maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialida TATUda mavjud qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishga abituriyentlarni jalb etish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Tadbirlarda 220 dan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Ma’lumot o‘rnida, TATUda:
YEUNGNAM UNIVERSITETI bilan “2+2 Double Degree” (2 yil O‘zbekistonda va 2 yil Janubiy Koreada) qo‘shma ta’lim dasturida “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” va “Kompyuter injiniring” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;
KOOKMIN UNIVERSITETI bilan “3+1 Double Degree” (3 yil O‘zbekistonda va 1 yil Janubiy Koreada) qo‘shma ta’lim dasturida “Biznes axborot texnologiyalari” bakalavriat yo‘nalishi.
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga TATU va hamkor universitet tomonidan 2 ta diplom beriladi.