TATUda “ROBO CODERS 2019” tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi!

  • Asosiy
  • TATUda “ROBO CODERS 2019” tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi!

24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining zamonaviy texnologik uskunalari hamda kompyuterlar bilan jihozlangan keng auditoriyalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ko‘magida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Centre» Innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan «ROBO CODERS 2019» Respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Shu kunning o'zida tanlov yakunlari bo'yicha g'oliblar aniqlandi va katta majlislar zalida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tanlov dasturi 9 ta sovrinli o‘rinlar va bir nechta rag‘batlantiruvchi nominatsiyalarni o‘z ichiga oldi. To‘rt soatlik uzluksiz dasturlash bo‘yicha bellashuv natijasida tizim g‘oliblarni aniqladi.

Birinchi o‘rinlarni Hasanov Saidjalol Saidjamol o‘g‘li (26-30 yosh toifasida), Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin o‘g‘li (21-25 yosh toifasida) Boltabayev Nazarbek Kamollidin o‘g‘li (16-20 yosh toifasida) egallab HP 250 J6 i3-6006 4/500 noutbuklariga ega bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rin va Acer Extensa EX2519 C5 B9 4/500 noutbuklari Hojievu Sunatullo Nasriddin o‘g‘li, Davronov Murodjon Shuhrat o‘g‘li, Qodirov Jamshid A’lam o‘g‘li dasturchilarga berildi.

Xiaomi Redmi Note 5 64 GB va faxrli uchinchi o‘rinni Sa’dullayev Nodirbek Dilshodovich, Jo‘rayev Xurshid Adham o‘g‘li, G‘aniyev Asadullo Mahmud o‘g‘li egalladilar.


Eng sodda algoritm rag‘batlantiruvchi nominatsiyada Egamov Xudoyshukur Shuhrat o‘g‘li, Murtozakulov Xojamurod Shuhrat o‘g‘li, Ismoilov Isfandier Iskandarovichlar g‘olib deb topildi.
Eng tezkor Sultonov Yuldoshboy Urazmetboyevich, Iskandarov Islom Zoxirovich, Razzoqberdiyev Alisher Saidnazar o‘g‘li bo‘lib, eng mohir dasturchi nominatsiyasida yutuqni qo‘lga kiritdi. Va nihoyat «Eng yosh dasturchi» deb 17 eshli A’zam Behruz Xusan o‘g‘li topildi. «Qizlar — dasturchilar» nominatsiyasida Ismoilova Anaxon Shuhrat qizi va Rahimkuliyeva Mavlyuda Ergashovnalar g‘olib bo‘ldilar.


Ma'lumot o'rnida aytish joizki, tunlov joriy yilning 4-fevralidan start olgan edi. Mazkur tanlovda dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan istalgan talabgor uning ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Ishtirokchilarni ro’yxatga olish 2019-yilning 4-fevralidan 15-fevraliga qadar muic.uz rasmiy saytida amalga oshirilgan edi.  Tanlovning asosiy vazifalari - axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish bo'lib hisoblanadi.

Tanlov robototexnika uchun dasturlash sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash uchun oʻtkazilmoqda.

Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash;
  • yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish.

Tanlov dasturi uchta nominatsiya doirasida 9 ta sovrinli o’rinlarni o’zida jamlagan:

  1. Uchta birinchi o’rin (HP 250 G6 i3-6006 4/500 noutbuki);
  2. Uchta ikkinchi o’rin (Acer Extensa EX2519 N3160 4/500 noutbuki);
  3. Uchta uchinchi o’rin (Xiaomi Redmi Note 5 64 ГБ smartfoni).

Shuningdek, ko’p sonli rag’batlantiruvchi sovrinlar quyidagi nominatsiyalarga taqdim etiladi:

  • Eng tez coder;
  • Eng sodda algoritm;
  • Eng yosh dasturchi.

Tanlov tashkilotchilari: “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi” MChJ; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; “ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY” MChJ. 

TATU matbuot xizmati