Respublikamizning barcha hududlarida test sinovlarining ilk kuni yuqori saviyada bo'lib o'tmoqda.

  • Asosiy
  • Respublikamizning barcha hududlarida test sinovlarining ilk kuni yuqori saviyada bo'lib o'tmoqda.

💻  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga OTMlarga kirish imtihonlari jarayonlarida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari tashkil qilish maqsadida UzEkspo markazi hududidan joy biriktirilgan.

✅ Ayni kunga kelib ushbu manzil test sinovlari uchun to‘liq tayyor holga keltirilgan. Unga ko‘ra:

🟢Qariyb 800 nafar ota-onalar vakillari uchun kutish joylari tashkil qilingan;

🟢Havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan;

🟢Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan;

🟢Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.