Rektor kubogi

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida joriy yilning 2-fevral kuni soat 11:00 da sportning futbol, voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasiga start beriladi.

📌Musobaqadan asosiy ko‘zlangan maqsad - universitet talaba-yoshlarini bir maqsad sari birlashtirishga qaratilgan.

🗣Universitet sport majmuasida o‘tkazilayotgan mazkur "Rektor kubogi" musobaqasi doirasida 50 ta jamoa o‘zaro kuch sinashishi kutilmoqda.

👥Do‘stlaringizdan tashkil topgan jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchangizni taklif etamiz!