Rasman: o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlandi

  • Asosiy
  • Rasman: o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

👉 Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz

👉 Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
➖ turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
➖ ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi. Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?

➖ Xorijda o‘qiyotgan talaba;
➖ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.