Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filialiga
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov tashrif buyurdi.
Vazir o'rinbosari R.Karimjonov davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilayotgan har biri 400 o'rinli bo'lgan talabalar turar joyi binosi qurilish ishlari va madaniyat saroyi, talabalar uchun student office joyi bilan yaqindan tanishdi.
Oliygoh hamda “Mashʼal Plyus” MCHJ hamkorligida barpo etilayotgan talabalar turar joy binosi qurilish jarayonlarini kuzatdi. Loyihaning umumiy qiymati 23,734 mlrd. soʻm, shundan byudjet mablagʻlari 10,8 mlrd. soʻm boʻlib, bino joriy yilning avgust oyiga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda binoning ichki pardoz, isitish tizimi, xonalar mebellar bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.