

Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi yetakchi mutaxassisi B. Omonov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
— arxiv faoliyatini raqamlashtirish jarayonlari;
— hujjatlarni skanerlash va qayta ishlash bosqichlari;
— “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan milliy axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Ma’lumot uchun:
2025-yilda TATU hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, bugungi kunda sohaga malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.