Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi

  • Asosiy
  • Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi

Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi (https://president.uz/oz/lists/view/7913).

Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga asosan 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuni etib belgilandi.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:
🟢ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;
🟢oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
🟢atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.