
Stajirovkaning asosiy maqsadi – magistrantlarni zamonaviy ilmiy vositalar, metodologiyalar va texnologiyalar bilan tanishtirish. Ushbu dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
✅ Ma’ruzalar, seminarlar va mahorat darslarida ishtirok etish;
✅ Ilmiy hamjamiyat bilan muloqot qilish (munozaralar, suhbatlar, tadbirlarda qatnashish);
✅ Tadqiqot markazlari va laboratoriyalar xodimlari bilan tajriba almashish;
✅ Investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish.
🏛 Jarayon davomida Televizion texnologiyalar fakulteti dekani, t.f.d., professor E.Sh. Nazirova, TMT kafedrasi mudiri, t.f.d., professor F.M. Nuraliyev, Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri, t.f.d., professor X. Zaynitdinov, TMT kafedrasi professori B. Bazarbayev, dotsent S. Tastanova ishtirok etib, TATUdagi ilmiy va o‘quv laboratoriyalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar.
🎓 QozMU tomonidan biznes-tahlil va Big Data hamda informatika yo‘nalishlari bo‘yicha magistrantlar qatnashdilar. Ushbu tashabbus ikki universitet o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.