6 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori T.Teshabayev, prorektorlar, professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar. Rektor tabrik so‘zidan so‘ng, Shundan so‘ng,Gumanitar fanlar kafedrasi professori Gulmira Tulenova – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik islohotlarning mustahkam negizi” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 3 nafar professor-o‘qituvchi: K.Abduraxmonov, Sh.Sindarov, Sh.Sa’dullayeva, universitetda ko‘p yillardan beri samarali mehnat qilib kelayotgan 23 nafar professor-o‘qituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida bayramga qo‘shaloq tuhfa sifatida 2017 yil natijalariga ko‘ra Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi bilan taqdirlangan 4 nafar va 11 nafar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sovrindorlariga stipendiya guvohnomalari topshirildi.