Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida Kasb ta’lim fakulteti, "Axborot-kutubxona tizimlari" kafedrasining professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi "Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-167-son qarorining 11-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida "Hech kim mehr-muruvvatdan chetda qolmaydi" shiori ostida o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab - quvvatlash maqsadida kafedra o‘qituvchilari va faol yoshlardan iborat guruh tashkil etildi.
Kafedra ustozlari hamda talabalar Toshkent shahar "Muruvvat" nogironlar uchun erkaklar internat uyida yashaydigan qariyalar va nogironligi bo‘lgan bemorlar holidan xabar oldilar. Talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari tashkil etildi va barcha nogironligi bo‘lgan keksalarga universitet tomonidan xayriya sovg‘alari topshirildi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi. "Muruvvat" nogironlar uyi rahbariyati ko‘rsatilgan e’tibor uchun unuversitet ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.