“Qadring baland bo‘lsin, O‘zbek tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • “Qadring baland bo‘lsin, O‘zbek tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, O‘zbek tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✨ Tadbirda o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, milliy o‘zligimizni ifoda etuvchi bebaho qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uni rivojlantirish va yoshlar ongida milliy g‘urur timsoli sifatida mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar haqida fikrlar bildirildi.

👤 Tadbirning faxriy mehmoni — O‘zbekiston xalq artisti, betakror ovoz va nutq sohibi Afzal Rafiqov bo‘ldi. U o‘z chiqishida o‘zbek tilining go‘zalligi, ohangdorligi va xalqimiz ma’naviy olamidagi beqiyos o‘rnini yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etdi.
Bu til — bizning g‘ururimiz, o‘zligimiz va yagona vatanimiz ramzidir. Ona tilimizga mehr qo‘yaylik, uni e’zozlaylik, chunki tilni asrash — millatni asrashdir.
Ona tili — bu xalqning qalbi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligidir. Uni asrab-avaylash, sof holda saqlash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.

👥 Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Ular o‘zbek tilini asrab-avaylash, uni sevish va yoshlar ongiga singdirish har bir fuqaroning sharafli burchi ekanini ta’kidlandi.