Joriy yilning 7 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘qituvchisi Z.Isaxodjaeva va universitetning “Pochta aloqa texnologiyalari” yoʼnalishi 131-132-16 guruh talabalari Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida hayriya tadbirini oʼtkazishdi.
Tadbirda TATUdan tashrif buyurgan koʼngilli oʼqituvchi va talabalar “Ozod yurt farzandlarasiz” mavzusida taqdimotlar oʼtkazishdi hamda ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida tarbiyalanuvchi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Maʼlumot oʼrnida aytish kerakki, bugungi kunda muassasada 57 nafar imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanmoqda. Shundan 10 nafari S.Dauna kasalligi, 12 nafari DSP, 8 nafari mikrotsefaliya va shu kabi og‘ir asoratli kasaliklarga chalingan. Muassasada guruhlar taʼlim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan didaktik ko‘rgazmali tarqatma materiallar va bolalar adabiyotlari bilan taʼminlangan. Imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi uchun maxsus markazlarning talab darajasida jihozlangan.
TATU matbuot xizmati