Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Serbiya Respublikasining “Academy of Technical Applied Studies Polytechnics” (RS BELGRAD24) oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi Erasmus+ KA171 grant loyihasi doirasida professor-oʻqituvchilar uchun akademik mobillik tanlovini ochiq deb eʼlon qiladi!
MOBILLIK HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOT
- Ishtirokchilar soni: 2 nafar professor-oʻqituvchi
- Mobillik davomiyligi: 5 kun
- Qabul qiluvchi OTM: Academy of Technical Applied Studies Polytechnics (Belgrad, Serbiya)
- Ustuvor yoʻnalishlar: Tarmoq texnologiyalari, Telekommunikatsiyalar, Elektr aloqa injiniringi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi turdosh yoʻnalishlar.
🎯 NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
- TATUda asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchi boʻlishi;
- Ingliz tilida erkin va mustaqil muloqot qilish koʻnikmasiga (kamida B2 darajada) ega bo‘lishi.
📄 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
Quyidagi barcha hujjatlar ingliz tilida tayyorlanishi va PDF formatida taqdim etilishi lozim:
- Rezyume / Tarjimai hol (CV). CVda quyidagi maʼlumotlar toʻliq va batafsil yoritilgan boʻlishi shart:
- Toʻliq pedagogik va ilmiy faoliyat;
- Ilmiy-tadqiqot va xalqaro loyihalardagi (Erasmus+, grantlar va h.k.) ishtiroki;
- Asosiy ilmiy nashrlar va maqolalar roʻyxati (Scopus, Web of Science, respublika va xalqaro jurnallar);
- Ilmiy va kasbiy qiziqish sohalari;
- Erishilgan yutuqlar, mukofotlar va xorijiy malaka oshirish.
- Motivatsion xat (Motivation Letter): 500–800 soʻz atrofida boʻlib, unda quyidagilar aks etishi kerak:
- Mobillikdan koʻzlangan asosiy maqsad va kutilayotgan akademik natijalar;
- Ushbu xalqaro tajribaning universitet va kafedra rivojiga qoʻshadigan hissasi;
- Kelgusida qoʻshma ilmiy-tadqiqot yoki loyihalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar.
- Xorijga chiqish pasporti nusxasi.
- Chet tilini bilish sertifikati (agar mavjud boʻlsa).
💰 MOLIYALASHTIRISH VA GRANT SHARTLARI
Ishtirokchilarning sutkalik yashash va ovqatlanish xarajatlari hamda xalqaro aviachipta (yoʻl) xarajatlarini qoplash maqsadida Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida 1 500 Yevrogacha mablag‘ ajratiladi.
Grant toʻlovlari qabul qiluvchi Serbiya OTM (Academy of Technical Applied Studies Polytechnics) tomonidan belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
📅 TANLOV MUDDATLARI VA SARALASH BOSQICHLARI
Hujjatlarni qabul qilish oxirgi muddati: 2026-yil 20 avgust soat 18:00 ga qadar.
Hujjatlar elektron shaklda (PDF formatda) TATU Xalqaro aloqalar boʻlimi “interdep@tuit.uz” e-mailiga yuborilishi shart
Telefon: (+99871) 235-09-00 / +998 94 348-70-30
Manzil: TATU A-bino, Xalqaro aloqalar boʻlimi