Universitet salohiyatiga hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildilar
🏛Bugun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Katta majlislar zalida xalqaro reytinglardagi ko‘rsatgichlarini yaxshilash, ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar munosib rag‘batlantirildilar.
✅Mazkur rag‘batlantirishning asosiy me’zonlari sifatida SCI, SSCI, SCOPUS hamda Web of Science bazalarida indekslanuvchi yuqori impact faktorli jurnallarda maqolalar, xalqaro noshirlar bilan xorijiy tillarda monografiya va darsliklar chop etish, xalqaro patentlarni olish, dunyoning top-1000 talik universitetlarida hamda mahalliy OTMlarda himoya qilish va boshqalar belgilangan.
✅Bugungi tadbirda mazkur me’zonlar asosida Universitet ravnaqi uchun o‘zlarining ilmiy va metodik hissalari qo‘shayotgan 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar moddiy rag‘batlantirildi hamda kelgusi faoliyatlari uchun motivatsiya berildi