Endi IT sohasida texnika fanlari bo'yicha PhD ilmiy darajasini Qoraqalpog'istonda himoya qilish mumkin.

  • Asosiy
  • Endi IT sohasida texnika fanlari bo'yicha PhD ilmiy darajasini Qoraqalpog'istonda himoya qilish mumkin.

Endi IT sohasida texnika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini Qoraqalpog‘istonda himoya qilish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2023-yil 5-maydagi 154-sonli qaroriga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali huzurida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi.

Ilmiy kengash 05.01.04- "Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarini matematik va dasturiy ta’minoti" , 05.01.04- "Axborot olish tizimlari va jarayonlari" va 13.00.06 - "Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi" mutaxassisliklari bo‘yicha dissertatsiya himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan.