PF-207-son Farmonining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.

  • Asosiy
  • PF-207-son Farmonining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmon ijrosini ta’minlash doirasida keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida giyohvand va narkojinoyatlarning zararli oqibatlari haqida chuqur tushunchalar berish, huquqbuzarlikning oldini olish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda millat genofondini asrashga qaratilgan davlat siyosatini keng yoritishdir.

Uchrashuvda Yunusobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Vafoyev Maxkam Mirjanovich, Yunusobod tumani IIO FMB XPB VErg va EPTETG katta inspektori, podpolkovnik Zarimova Guljaxon Jengisovna, voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvandlik moddalarining sog‘liq, psixologik holat va ijtimoiy hayotga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, narkojinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha amaldagi qonunchilik, jazolar va yoshlarni himoya qilishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar atroflicha tushuntirildi.

Ishtirokchilar giyohvandlikning oldini olishda oilaning roli, ta’lim muassasalarining mas’uliyati, jamoatchilik bilan hamkorlik va davlat organlarining kompleks yondashuvlari haqida fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuv yoshlar ongida huquqiy madaniyatni oshirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.