
Joriy yilning 26 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Kriptologiya” yo‘nalish tinglovchilari hamda tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar uchun N. E. Bauman nomidagi MGTU Dotsenti Abdullin Timur Rinatovich ishtirokida “Биометрия в новых реалиях ” (“Yangi voqealikda biometrika”) mavzusida ZOOM platformasi orqali online seminar tashkil etildi.
Seminarda zamonaviy infokommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarida Biometrik identifikatsiya usullarining SI texnologiyalari bilan tadbiq etilishi masalalari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Seminar qizg‘in fikr - mulohazalarga boy bo‘ldi. Seminarda tinglovchilar o‘zini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
✈️@tuituz_official