“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i TATU talabalari bilan uchrashdi

  • Asosiy
  • “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i TATU talabalari bilan uchrashdi

⚡️“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i TATU talabalari bilan uchrashdi

Muloqotda axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda soha uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🗣️ Shuningdek, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida talaba-yoshlarning inspeksiya tizimida amaliyot o‘tashi, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitishi hamda kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllanishiga ko‘maklashishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolanganligi alohida qayd etildi. Mazkur kelishuv tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.



💡Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizning raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

➡️ Batafsil:UZKOMNAZORAT.UZ

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!