Qatarning Doha shahrida O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorlari hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Qatarning Doha fan va texnologiya universiteti (UDST)ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida UDST prezidenti Dr. Salem Al-Naemi va O‘zbekistonning yetakchi OTMlari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🤝 Uchrashuvda Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) asosiy e’tibor OTMlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi, munozaralar markazida qo‘shma tadqiqot tashabbuslari, akademik almashinuv dasturlari va innovatsion ta’lim o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
✅ Ushbu hamkorlikda universitetlarning kuchli tomonlarini birlashtirish, akademik mukammallikni rivojlantirish va axborot texnologiyalari, yashil energiya, biznes boshqaruvi, fan va texnologiya sohalarida tadqiqot imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Uchrashuv yakunida tomonlar bugungi kunda dolzarb bo‘lgan, bozor talabidan kelib chiqib, turli sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
🗒 Ma’lumot o‘rnida: Doha fan va texnologiya universiteti (UDST)da O‘zbekistonlik 5 nafar talabaga bakalavr bosqichida tahsil olish uchun to‘liq davlat granti asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etgan. Mazkur uchrashuv yakuniga ko‘ra ushbu kvota sonini yildan yilga oshirib borish rejaga kiritildi.