Hammamizga maʼlumki soʻngi vaqtlarda Oʻzbekistonda ERASMUS+ loyihalari doirasida milliy va xalqaro hamkorlar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashinish va loyiha faoliyatini samarali davom ettirish maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlar soni oshdi va undagi muhokamalar qizgʻin tus olmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan yana biri 26-fevral 2021-yil sanasida Oʻzbekistondagi milliy ERASMUS+ ofisi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida ZOOM platformasi orqali tashkil etildi. Ushbu klasterli onlayn uchrashuvining asosiy maqsadi ayni vaqtda Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan mavjud loyihalar doirasida tajriba va maʼlumot almashininsh maqsadida CBHE (Capacity Building in Higher Education) loyihalari kordinatorlari tarmogʻini tashkil etishga, CBHE loyihalari uchun uskunalar sotib olish tartibini muhokama qilish va amaliy tavsiyalar berishga hamda ERASMUS+ CBHE loyihalari uchun bojxona rasmiylashtiruvining yangi tartibi bilan tanishtirishga qaratildi.
Onlayn uchrashuv 24 ta ERASMUS+ CBHE loyihalarining koordinatorlari va loyiha aʼzolari (shu jumladan buxgalterlar), ushbu loyihalar boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi masʼullari, Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha mutaxassislar uchun tashkil etildi va uning kun tartibida quyidagi masalalar joy oldi:
- Uchrashuvni ochib berish unda belgilangan vazifalar boʻyicha ishtirokchilarni tanishtirish (Gulshoda Karimboyeva, Milliy ERASMUS+ ofisi loyihalar boʻyicha menedjer)
- Oʻzbekistonda ERASMUS+ loyihalarining soʻngi rivojlanishlari (Aziza Abduraxmonova, Milliy ERASMUS+ ofisi koordinatori)
- SPHERA loyihasi tajribalari (Farxod Axrorov, Samarqanddagi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)
- MECHAUz loyihasi tajribalari (Utkir Xamdamov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)
- Muhim masalalar muhokamasi
Ushbu uchrashuv qizgʻin muhokamalarga boy boʻldi, ayniqsa loyiha doirasida oʻquv laboratoriyasini tashkil etish, laboratoriya uskunalarini sotib olish, yetkazib berish va bojxonadan rasmiylashtirish boʻyicha qator muammolar oʻrtaga tashlandi hamda tegishli mutaxassislardan konsultatsiyalar olindi.