O‘zbekistonda AWS Academy’ning rasmiy starti berildi

  • Asosiy
  • O‘zbekistonda AWS Academy’ning rasmiy starti berildi



“ICT WEEK UZBEKISTAN – 2026”
doirasida “Raqamli ta’lim: AI, ta’lim va kasblar kelajagi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda sun’iy intellekt davrida ta’lim transformatsiyasi, AI texnologiyalarining mehnat bozori va kelajak kasblariga ta’siri hamda zamonaviy raqamli ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi. Forum doirasida AWS Academy’ning O‘zbekistondagi faoliyatiga rasmiy start berilib, uning ramziy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, AWS, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park vakillari ishtirok etdi. Tadbirda TATU rektori, professor B.Maxkamov AWS Academy’ning O‘zbekistondagi faoliyatiga start berish marosimida ramziy tasmani kesdi.

AWS Academy’ning TATU ta’lim jarayoniga integratsiya qilinishi talabalarga bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha xalqaro standartlarga mos bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, AWS sertifikatsion kurslarida tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Shu tariqa, TATUda faoliyat yuritayotgan Cisco, Huawei, Oracle, ZTE kabi yetakchi xalqaro IT akademiyalari qatoriga AWS Academy’ning qo‘shilishi universitetning zamonaviy IT ta’lim ekotizimini yanada kengaytirish va talabalarni xalqaro texnologik muhitga tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.