O‘zbekiston universiteti Times Higher Education reytingi TOP-1000 taligiga kirdi

  • Asosiy
  • O‘zbekiston universiteti Times Higher Education reytingi TOP-1000 taligiga kirdi

9-oktabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro nashri tomonidan e’lon qilingan “World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari jahon reytingida sezilarli yutuqlarga erishdi.

Jumladan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ilk bor THEning dunyo universitetlari reytingida TOP-600 (501-600) talikdan o‘rin oldi.

Bundan tashqari, quyidagi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ham reytingda qayd etildi:

• Toshkent davlat texnika universiteti – 1001-1200;
• O‘zbekiston milliy universiteti – 1201-1500;
• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 1501+.

Shuningdek, 58 ta OTM reporter (da’vogar) sifatida ro‘yxatga kirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92222