O‘zbekiston terma jamoasi yana xalqaro maydonda yuksak natijaga erishdi!

  • Asosiy
  • O‘zbekiston terma jamoasi yana xalqaro maydonda yuksak natijaga erishdi!

Qozoqistonning Olmota shahrida bo‘lib o‘tgan First Global Challenge musobaqasida yurtimiz vakillari yarim finalgacha yetib borib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi!

🎉Bu natija orqali terma jamoamiz Panama davlatida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘l oldi!

🏆Shuningdek, yoshlarimiz “International Enthusiasm Award Winner” – “Xalqaro shijoat mukofoti” bilan ham taqdirlandilar.

✅ Ushbu yutuq O‘zbekiston yoshlari bilimga chanqoqligi, g‘ayrati va xalqaro maydonda ham o‘zini munosib namoyon eta olishining yorqin isbotidir.

🔺2024-yilda Gretsiyada o‘tgan musobaqada ham jamoamiz faxrli 2-o‘rinni egallab, 5 ta kumush medal bilan qaytishgan edi.
🔺2025-yilda ham yanada yuqori marralarni zabt etishlariga ishonamiz!

❗️Terma jamoaning puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, TATU hamda IT Park rezidentlari – Realsoft va Robotics Lab kompaniyalari hamkorlik qilmoqda.

🏛Universitetimizdan Zarif Qodirov va Adizbek Ergashev murabbiylik qilib, yoshlarimizning xalqaro muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shmoqda.