
🗒Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil yetish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 30-maydagi 29-q/q-son qo‘shma qarori imzolandi. Mazkur qo‘shma qarorga muvofiq, joriy yilning 1-2-iyul kunlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovining to‘rtinchi (respublika) boshqichi o‘tkazildi.
🛡Hakamlar hay’ati tomonidan turli viloyat va tumanlardan jami 42 ta ishlanma va loyihalar ko‘rib chiqildi va adolatli baholandi.
💻Dastlabki 3 ta o‘rinni egallagan loyihalar sertifikat va noutbuklar bilan taqdirlanishdi, yana 10 ta ishlanmalar amaliyotga joriy etish uchun tavsiya qilindi hamda ularga 56 mln so‘mlik sertifikatlar taqdim etildi.
🏛Hakamlar hay’ati tarkibida rais sifatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnlogiyalari universitetining “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi mudiri D.Eshmuradov hamda a’zo sifatida “Kompyuter tizimlari” kafedrasining dotsenti F.Rajabovlar ishtirok etdilar.