Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. IOI — maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir.
Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan IOI -2026 tarixida eng ko‘p mamkalatlarni ro‘yxatdan o‘tishi yuzasidan rekord natija qayd etdi.
97 mamlakatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.
2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor!
9-16-avgust
CAEx koʻrgazmalar markazi
Veb-sayt: ioi2026.uz