
Dastlab “O‘zarxiv” agentligi vakillari universitetning ilmiy-o‘quv laboratoriyalari va universitetda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar hamda elektron arxivlar yaratish sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
📝 Shuningdek, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, elektron arxivlarni yaratish sohasida tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida hamkorlikda “Raqamli arxivlar yaratish” o‘quv va ilmiy laboratoriyasini ochish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.