Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi

  • Asosiy
  • Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi

Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Osiyo universitetlarining 2025-yil uchun reyting natijalari THE Asia University Rankings – 2025 (https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2025/regional-ranking#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats) e’lon qilindi. Ushbu reyting har yili Osiyo davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

🔸 ilmiy tadqiqot ishlari sifati va samaradorligi;
🔹 ta’lim sifati;
♦️ xalqaro xilma-xillik (talaba va professor-o‘qituvchilarning global miqyosdagi faolligi);
🔹 ilmiy maqolalar iqtibosligi;
🔹 sanoat bilan hamkorlikdan olingan daromad (ya’ni bilimlar almashinuvi va innovatsion faoliyat).

ℹ️ Shu orqali reyting nafaqat universitetlarning ilmiy salohiyatini, balki ularning mintaqaviy va global darajadagi ta’sir kuchini ham namoyon etadi.

📈Joriy yilda e’lon qilingan ushbu nufuzli reytingda O‘zbekistonning 3 ta universiteti ilk bor yuqori o‘rinlarni egallab, xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

🏛 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 201–250-o‘rinlar;
🏛 O‘zbekiston milliy universiteti — 501–600-o‘rinlar;
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 601+ o‘rinlarda qayd etildi.

⭐️ Reytingning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu baholashda qatnashish uchun oliygohlar THE agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qat’iy mezonlarga javob berishi lozim. Xususan, talabgor universitetlar so‘nggi besh yillik faoliyati davomida innovatsion yondashuvlar, ilmiy natijalar, xalqaro hamkorliklar va barqaror rivojlanish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan holda dunyo universitetlari orasida TOP-1000+ ro‘yxatiga kirgan bo‘lishi kerak.

✔️ Bu natija O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy islohotlar va o‘zgarishlarning samarali natijasi ekanini ko‘rsatadi.