"FutureSkills University" loyihasi doirasida onlayn o'quv seminarida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.

  • Asosiy
  • "FutureSkills University" loyihasi doirasida onlayn o'quv seminarida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari Sankt-Peterburg davlat aerokosmik asboblar universiteti "FutureSkills University" loyihasi doirasida onlayn o'quv seminarida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.

Ushbu seminar “Virtual va kengaytirilgan reallikni rivojlantirish” va “Bulutli texnologiyalar” kompetentsiyalari bo‘yicha o‘quv intensivligi va xalqaro startap laboratoriyalari ta’lim amaliyotlari va ilmiy ishlanmalar almashinuvi yo‘nalishida universitetlar bilan tarmoq hamkorligini shakllantirishga qaratilgan.

Eslatib o'tish joizki Sankt-Peterburg davlat aerokosmik asboblar universiteti "FutureSkills University" loyihasiga o'rta osiyoda birinchilardan bo'lib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti a'zo bo'ldi.