O‘qishini tiklash istagida bo‘lganlar uchun yaxshi imkoniyat!

  • Asosiy
  • O‘qishini tiklash istagida bo‘lganlar uchun yaxshi imkoniyat!

❗️Barchangizga ma’lumki, talabalar o‘qishini tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilingan edi.

✅Shu muddatda ariza topshira olmagan fuqarolarning murojaatlarini inobatga olib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

👉Endi 2025/2026-o‘quv yilida o‘qishini tiklash istagida bo‘lganlar uchun 2025-yil 30-avgustga qadar yozma ravishda ariza topshirishga ruxsat berildi.

📍Imkoniyatdan foydalanish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Student ofisiga tashrif buyurib, ariza topshirishingiz mumkin.

⚠️E’tibor bering: faqat o‘qishini tiklash uchun arizalar qabul qilinadi.

☎️Ma’lumot uchun telefon: 71-238-55-55