TATUning professor-o‘qituvchilari “Yangi innovatsion texnologiyalar yordamida Markaziy Osiyoda oliy ta’limni modernizatsiyalash” mavzusida xalqaro seminarda qatnashishmoqda

  • Asosiy
  • TATUning professor-o‘qituvchilari “Yangi innovatsion texnologiyalar yordamida Markaziy Osiyoda oliy ta’limni modernizatsiyalash” mavzusida xalqaro seminarda qatnashishmoqda

2019-yil 2-iyul kuni Olmaota shahrida Yevropa Hamjamiyatining Erasmus+ dasturi ko‘magida “Yangi innovatsion texnologiyalar yordamida Markaziy Osiyoda oliy ta’limni modernizatsiyalash” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqora seminarda TATU professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, ushbu xalqaro seminarda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ta’lim vazirliklari vakillari qatnashishmoqda.

O‘zbekistonning Olmaota shahirdagi bosh konsuli Abror Fatxullaev ham seminarning tantanli ochilish marosimida ishtirok etib, yurtimiz delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi.


Seminarda Erasmus+ dasturi doirasida Markaziy Osiyo davlatlarida oliy ta’lim tizmini modernizatsiya qilish maqsadida olib borilayotgan loyihalar samaradorligi muhokama qilindi. Jumladan, loyihada ishtirokchi davlatlari tomonidan oliy ta’lim tizimiga yangi innovatsiyalarni jalb qilish, ta’limni raqamlashtirish, o‘qitish metodikasi va baholashda ilg‘or tajribalardan foydalanish, inson kapitaliga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalarni sohaga tatbiq etish bo‘yicha qilingan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ishtirokchi davlatlarda OTM professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida o‘quv jarayonlarida innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham muhokama qilindi. Seminar o‘z ishini 5 iyulga qadar davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Yevropa Hamjamiyatining Erasmus+ dasturining “Yangi innovatsion texnologiyalar yordamida Markaziy Osiyoda oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasida ishtirok etib kelmoqda. Loyiha doirasida TDIU, TATU va AnMIda raqamli ta’limni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

TATU matbuot xizmati