Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan vazirlikning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorlikda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar birgalikda Universitetning Nurafshon filiali hududida manzarali daraxtlar ekish bilan davom ettirilmoqda.
Ushbu loyiha asosida Nurafshon filialining hududida 100dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekilgan daraxt ko‘chatlari orasida klon, yasin, yovvoyi olcha kabi daraxt turlari tanlab olingan.
Oʻzligimizni, ajdodlarimiz teran tafakkurini, xalqimiz bunyodkorlik va yaratuvchilik salohiyatini namoyon etuvchi qadriyatlarimiz bisyor. Bu fikrlar xalq maqollarida ham o‘z aksini topgan: birni kessang, o‘nni ek; yaxshidan bog‘ qoladi.
Bugun havas bilan ekkan nihollarimiz yangi-yangi bogʻlarga aylanib, kelgusi avlodlar uchun sof va musaffo tabiiy sharoit yaratadi deb umid qilamiz.
Hurmatli vatandoshlar ona tabiatimizga boʼlgan mehringizni ayamagan holda, “Yashil makon” ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik tashabbusda faol ishtirok eting!