
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ehtirom, she’riyat, ilm va hikmat kechasi" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
📝Tadbirda talabalar tomonidan A.Navoiy hayoti va ijodiga oid g‘azallar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Ayniqsa, Guli monologi barchada katta taassurot qoldirdi.
Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanadi.
Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.