Navoiy viloyati Zarafshon shahrida Universitet fakultetini tashkil qilish bo‘yicha ishlar jadallashtirilmoqda.

  • Asosiy
  • Navoiy viloyati Zarafshon shahrida Universitet fakultetini tashkil qilish bo‘yicha ishlar jadallashtirilmoqda.

2024-yil 12-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qarori asosida hududlarda axborot-texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida TATU Zarafshon fakulteti tashkil etilishi belgilangan.

Shu asosda, 22-23-iyul kunlari Universitet ishchi guruhi Zarafshon shahriga tashrif buyurib, Fakultet tomonidan masofaviy ta’lim xizmatlari taqdim etilishi rejalashtirilgan binoning 2025-2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, TATU Zarafshon fakulteti binosini yangi o‘quv yiliga tayorgarlik ko‘rish, jumladan:
Talaba va professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish
Ularni shinam auditoriyalar
Axborot-kutubxona xizmatlari
Elektron ta’lim hududlari
Turar joy bilan ta’minlash
Amaliyot bazalarini tashkil etish

bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.