Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Job & Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Job & Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abituriyentlarni Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida  “Job & Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Navoiy viloyatidagi IT kompaniyalar, soha korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda:
- Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
- Toshkent shahridagi INHA universiteti mas’ul xodimlari Vazirlik tizimidagi universitetlar haqidagi targ‘ibot dasturlari bilan tadbirda ishtirok etishdi.