Diqqat musobaqa! Shoshiling!

  • Asosiy
  • Diqqat musobaqa! Shoshiling!

Oliy taʼlim muassasalari talabalar jamoalari oʻrtasida dasturlash boʻyicha jahon chempionati Shimoliy sharqiy Yevropa mintaqasi chorak final musobaqalari Oʻzbekiston hududida 2018 yilning 11 noyabr sanasida boʻlib oʻtishi belgilangan.

Ushbu saralash musobaqalarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida qatnashish xohishi boʻlgan jamoalar quyidagi havola orqali shu yilning 10 noyabr sanasiga qadar roʻyxatdan oʻtishlari lozim boʻladi.

https://docs.google.com/forms/d/1HX7ySzsLIKw8I1PkRp_Mj21Z8tbBlcr2If6DKoNasW0/viewform?edit_requested=true

Eslatib oʻtamiz musobaqaning yarim final bahslari Qozogʻistonning Olmota shahrida 2018 yilning dekabr oyida boʻlib oʻtadi.

Shuningdek 2018 yilning 24-25 noyabr sanasida birinchi bor TUIT OPEN 2018 musobaqasi ham tashkil etiladi. Uning finalida qatnashuvchi jamoalar Jahon chempionati chorak finalida yuqori natija qayd etgan Oliy taʼlim muassasalari jamoalari va dasturlash boʻyicha Butun Rossiya oʻquvchilar jamoaviy chempionatida ishtirok etgan jamoalardan tanlab olinadi.

Info:

TUIT OPEN 2018 sovrin jamgʻarmasi 18 million soʻmni tashkil etadi:

1-oʻrin 9 million soʻm;

2-oʻrin 6 million soʻm;

3-oʻrin 3 million soʻm.

Shuningdek ishtirokchilar va murabbiylariga musobaqaning ramziy futbolkalari hamda ishtiroki uchun sertifikatlar taqdim etiladi.

TUIT OPEN 2018 musobaqasida tashkiliy ishlarda koʻngilli sifatida qatnashish istagi boʻlganlar ham musobaqa ramziy futbolkalari bilan taʼminlanadilar.

Murojaat uchun:

Telefonlar: [+998] 712- 386-436, [+998] 944-161-110

E-mail: tuitopen@gmail.com

Telegram: @SirojiddinAbdukarimov, @Hojiyev_Sunatullo