🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabasi Xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo'ldi.

  • Asosiy
  • 🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabasi Xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo'ldi.

✅Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasida talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha ochiq fan olimpiadasi (Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS)) bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro fan olimpiadasining yakkalik baxslarida TATU Urganch filiali talabasi Zarifboyev Javohir 🥉bronza medali sohibi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: OMOUS-2024 ga AQSh, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Bolgariya, Ispaniya, Mexico, Indoneziya kabi davlatlarning yetakchi universitetlaridan 500 nafardan ortiq matematiklar qatnashdi. OMOUS-2024 ning asosiy vazifasi ilmiy va amaliy bilimlar almashinuvi, rivojlanish va oʻzaro tushunish katalizatoriga aylanadigan qulay muhitni yaratish, butun dunyo universitetlari talabalari va oʻqituvchilarini birlashtirishdir. Xalqaro olimpiadaning rasmiy tili turkman va ingliz tillari.

💐Talabamizning keyingi o‘qish va ishlarida zafarlar tilab qolamiz. Yutuqlar bardavom bo‘laversin!