📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari Xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlari bo'lishdi.

  • Asosiy
  • 📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari Xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlari bo'lishdi.

👥 Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasida talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha ochiq fan olimpiadasi (Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS)) bo‘ldi. Ushbu xalqaro fan olimpiadasining alohida (yakka) bahslarida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Isroilov Javohir , Sindarov Asadbek 3-o‘rin, bronza medali sohibi bo‘ldilar va Teshabayev Ixtiyor, Saxadinov Muzaffar munosib qatnashib umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldilar.

🗒 Ma’lumot uchun: OMOUS-2024ga AQSh, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Bolgariya, Ispaniya, Meksika, Indoneziya kabi davlatlarning yetakchi universitetlaridan 500 nafardan ortiq matematiklar qatnashdi. OMOUS-2024 ning asosiy vazifasi ilmiy va amaliy bilimlar almashinuvi, rivojlanish va oʻzaro tushunish katalizatoriga aylanadigan qulay muhitni yaratish, butun dunyo universitetlari talabalari va oʻqituvchilarini birlashtirishdir. Xalqaro olimpiadaning rasmiy tili turkman va ingliz tillarida amalga oshirildi.

🎉 Talabalarimizning keyingi o‘qish va ishlarida zafarlar tilab qolamiz. Yutuqlar bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz!