TATUning professor-o’qituvchilari Rossiyada bo’lib o’tgan III xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada online ishtirok etishdi

  • Asosiy
  • TATUning professor-o’qituvchilari Rossiyada bo’lib o’tgan III xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada online ishtirok etishdi

Joriy yilning 23-25-aprel kunlari TATUning professor-o’qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Omsk shahridagi Omsk davlat texnika universiteti tomonidan tashkillashtirilgan "Mexanika fanlarini va texnologiyalarni rivojlantirish – 2019" III Xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyasida videokonferentsiya orqali ishtirok etishdi. Ushbu konferensiya “Murakkab tizimlarni modellashtirish va boshqarish” shu’basi doirasida bo'lib, TATU “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markazi” binosida bo’lib o’tdi.


Konferensiyaning maqsadi – xalqaro ilmiy bilim almashish darajasini oshirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy jamiyat samarali muloqot tizimini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot yo'nalishlarini aniqlash, muhandislik ta’lim maqomini oshirish. Konferensiyaga Rossiya, MDH va boshqa xorij mamlakatlarining etuk olimlari ishtirok etishdi. Olimlar mashinasozlik, dinamik jarayonlar, real mexanik tizimlar, matematik modellashtirish, algoritmlash va hisoblash texnologiyalarining yutuqlari va dolzarb muammolari haqida o’z taqdimotlarini o’tkazishdi.

Konferensiya materiallari IOP Publishing nashri tomonidan «Mechanical Science and Technology Update» (MSTU-2019) nomi ostida nashr etildi. Ma'lumot o'rnida:  «Mechanical Science and Technology Update» (MSTU-2019) Scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan nashr sifatida chop etiladi.

Ma’lumot o’rnida shuni ta’kidlab o’tish joizki, ushbu online konferensiya “Ilm-fan 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida bajarilgan ishlarning bir namoyondasidir.

TATU matbuot xizmati