✅ Joriy yilning 2-4- may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" hududida “MSITF” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.
🗒 Ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va iqtidorli talaba-yoshlari o‘zlarining ishlanmalari bilan festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada faol ishtirok etdilar. Shuningdek, festivalning ikkinchi qismida turli yo‘nalishlarda musobaqalar tashkil etilib, bunda ham yosh ixtirochi talabalarimiz munosib ishtirok etishdi hamda bir qancha sovrinlarga ega bo‘lishdi.
📈 Erishilgan yutuqlar:
1. "Tashabbuskor ta’lim muassasasi" nominatsiyasi g‘olibi;
2. "Eng yaxshi robototexnika ustasi" nominatsiyasi g‘olibi;
3. "Kelajak transport texnologiyalari robototexnikasi" musobaqasida 3-o‘rin;
4. "Dasturlash" musobaqasida 2-o‘rin.