🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov MFaktor va Impuls loyihalari asoschilaridan biri Hasan Mamasaidov bilan uchrashdilar
✅Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad masofaviy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, masofaviy ta’lim uchun o‘quv kontentlarni yaratish doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Uchrashuv avvalida masofaviy ta’limni qo‘llab-quvvatlash maqsadida video kontentlarni yaratishga mo‘ljallangan, Jalinga apparat dasturiy komplekslari bilan jihozlangan studiyalar tanishtirildi.
💳H.Mamasaidov tashkil etilgan Jalinga studiyalarida ta’lim kontetnlarini yaratish uchun 100 million so‘mlik sertifikatni universitet jamoasiga taqdim etdilar.