Joriy yilning 25-31 may kunlari professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetida “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)” loyihasi doirasida “Media kontent tayyorlashda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi malaka oshirish va tajriba almashish tashkil etildi.
Kursda ishtirok etish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning quyidagi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar: “Televizion texnologiyalar” fakulteti dekani - F. M. Nuraliev, “Telestudiya tizimlari va ilovalari (TTI)” kafedrasi mudiri – B. J. Bazarbaev, “TTI” kafedrasi katta o‘qituvchisi - A. I. Mamadaliev, “TTI” kafedrasi assistenti - Sh. K. Sattarova, “Audiovizual texnologiyalar” o‘qituvchi-stajeri B. E. Boymurodov, TATU matbuot kotibi - G'. A. Nazarov, “Televizion texnologiyalar” fakultetining 1-bosqich talabasi - S. A. Nurmuxamedova.
Ushbu malaka oshirish va tajriba almashish amaliyoti, yurtimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari, yosh ilmiy hodimlarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalarini amalga oshirish maqsadida olib borilmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ACM doirasidagi o‘zaro xamkorlikni mustahkamlash. Kelajakda “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashabbusi bilan ochilayotgan o‘quv media-markaz hamda professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti o‘quv media-markazi, shuningdek, kelajakda ACM a’zolari bo‘lmish 55 ta media-markaz bilan doimiy aloqani o‘rnatish va malaka almashishdir.
Tashrif chog‘ida prof. Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshidagi “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)” loyihasi asosida “Talabalar bahori”, “Talabalar media markazlarini rivojlantirish yo'nalishlari”, “Media kontent tayyorlashda raqamli texnologiyalar” nomli seminarlar va ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z maqolalari hamda taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Bundan tashqari quyidagi Sankt-Peterburg shahri oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar uyushtirildi: Sankt-Peterburg kino va televidenie instituti va Sankt-Peterburg davlat universitetining “Jurnalistika” fakultetida joylashgan “Мост” telekanili o‘quv media markazlari faoliyati bilan tanishildi. Mavjud pavilonlar va ijodiy guruhlarning ishlash uslubi yaqindan o‘rganildi. Ushbu institut va fakultet bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan Memorandum tuzishga doir kelishuv ishlari olib borildi.
Ushbu tashriflar doirasida “Televizion texnologiyalar” fakulteti mutaxassislari uchun Sankt-Peterburgning “78” - regional telekanali faoliyati, uning ish konsepsiyasi, ko‘rsatuvlar setkasi kabi o‘ziga xos hususiyatlari, ijodiy guruhning ishi va unda mavjud pavilonlar bilan tanishuv amalga oshirildi.
TATU matbuot xizmati