TATUning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetiga tashrif buyurdilar

  • Home
  • TATUning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetiga tashrif buyurdilar

Joriy yilning 25-31 may kunlari professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetida “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)” loyihasi doirasida “Media kontent tayyorlashda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi malaka oshirish va tajriba almashish tashkil etildi.

Kursda ishtirok etish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning quyidagi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar: “Televizion texnologiyalar” fakulteti dekani - F. M. Nuraliev, “Telestudiya tizimlari va ilovalari (TTI)” kafedrasi mudiri – B. J. Bazarbaev, “TTI” kafedrasi katta o‘qituvchisi - A. I. Mamadaliev, “TTI” kafedrasi assistenti - Sh. K. Sattarova, “Audiovizual texnologiyalar” o‘qituvchi-stajeri B. E. Boymurodov, TATU matbuot kotibi - G'. A. Nazarov, “Televizion texnologiyalar” fakultetining 1-bosqich talabasi - S. A. Nurmuxamedova.


Ushbu malaka oshirish va tajriba almashish amaliyoti, yurtimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari, yosh ilmiy hodimlarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalarini amalga oshirish maqsadida olib borilmoqda.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ACM doirasidagi o‘zaro xamkorlikni mustahkamlash. Kelajakda “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashabbusi bilan ochilayotgan o‘quv media-markaz hamda professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti o‘quv media-markazi, shuningdek, kelajakda ACM a’zolari bo‘lmish 55 ta media-markaz bilan doimiy aloqani o‘rnatish va malaka almashishdir.


Tashrif chog‘ida prof. Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshidagi “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)” loyihasi asosida “Talabalar bahori”, “Talabalar media markazlarini rivojlantirish yo'nalishlari”, “Media kontent tayyorlashda raqamli texnologiyalar” nomli seminarlar va ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z maqolalari hamda taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.


Bundan tashqari quyidagi Sankt-Peterburg shahri oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar uyushtirildi: Sankt-Peterburg kino va televidenie instituti va Sankt-Peterburg davlat universitetining “Jurnalistika” fakultetida joylashgan “Мост” telekanili o‘quv media markazlari faoliyati bilan tanishildi. Mavjud pavilonlar va ijodiy guruhlarning ishlash uslubi yaqindan o‘rganildi. Ushbu institut va fakultet bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan Memorandum tuzishga doir kelishuv ishlari olib borildi.


Ushbu tashriflar doirasida “Televizion texnologiyalar” fakulteti mutaxassislari uchun Sankt-Peterburgning “78” - regional telekanali faoliyati, uning ish konsepsiyasi, ko‘rsatuvlar setkasi kabi o‘ziga xos hususiyatlari, ijodiy guruhning ishi va unda mavjud pavilonlar bilan tanishuv amalga oshirildi.


Tashrif dasturining madaniy qismida esa, Televizion texnologiyalar mutaxassislari Ermitaj davlat muzeyidan joy olgan Rembrandt, Leonardo da Vinchi, Titsian kabi dunyoga mashhur tasviriy san’at ustalarining ijodlarida, kino va televidenieda yoritishga xos klassik usullarni tasviriy san’atda qo‘llanilganligini ko‘rib, kino va televidenieda yoritish san’atining tarixi bilan yuzma-yuz bo‘ldilar.

TATU matbuot xizmati