Davlatimiz rahbarining joriy yilning 6 - noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni taʼlim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy taʼlim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan maktablarni ta'lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash maqsadida maktab o'qituvchilari uchn Kembrij tajribasi asosida 36 soatga mo'ljallangan master klass mashg'ulotlari o'tkazildi va 500 dona kitob taqdim etildi.