📣 Markaziy bank iqtisodiyot, bank ishi, buxgalteriya hisobi, moliya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻqiydigan talabalar uchun stipendiya dasturini таklif qilmoqda (https://cbu.uz/oz/press_center/news/1860603/).
✅Nomzodlar quyidagi oliygohlarda bakalavr kunduzgi boʻlimning bitiruvchi kursi boʻlishi yoki magistraturada tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
- Toshkent shahridagi INHA universiteti;
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti;
- M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali;
- Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkentdagi filiali;
- IT Park universiteti;
- Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti.
Markaziy bank stipendiyasi BHMning (1-oktyabrdan 375 000 soʻm) 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Stipendiya dasturiga qabul qilinganlar Markaziy bankning tegishli tarkibiy boʻlinmalarida har kunlik (kuniga 3 soatgacha, haftada koʻpi bilan 15 soatdan oshmagan holda) amaliy malaka oʻtaydi.
✅Talablar quyidagicha:
▶️oʻquv jarayonida (soʻnggi oʻquv yili natijalariga koʻra) yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi (86% dan yuqori);
▶️davlat tilini mukammal bilishi;
▶️xorijiy tillarni (rus va ingliz) bilishi eng kamida B2 darajasida(CEFR boʻyicha).
Qoʻshimcha ustunlik beriladi:
▶️ACCA va boshqa xalqaro sertifikatlar;
▶️BigData dasturlarida ishlay olishi;
▶️IELTS 7.0 darajasi;
▶️sohaga oid xalqaro yoki respublika olimpiadasi gʻolibi yoki sovrindorlari.
✅Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Maʼlumotnoma (obyektivka);
Pasport nusxasi;
Nomzodning reyting (sinov) daftarchasi nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun oʻrnatilgan tartibda fanlarni oʻzlashtirish bali toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Nomzodning chet tilini oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy ishlanmalari, ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan maʼruza tezislari va chop etilgan maqolalari (agar mavjud boʻlsa).
✉️ 2024/2025-oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 2024-yil oktyabr oyidan tayinlanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2024-yil 9 – 13-sentyabr.