“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish sari” amaliy harakat!

  • Asosiy
  • “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish sari” amaliy harakat!

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov tashabbusi bilan Yunusobod tumanida joylashgan Nurmakon va Mingchinor mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

♟ Musobaqa yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va faol hayot tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini shakllantirib, ularning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar strategik rejalashtirish, sabr-toqat va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Musobaqa sport qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda, yuqori saviyada o‘tkazildi.

Musobaqaning 1-bosqichi yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Ushbu tashabbus mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bizni kuzating: