

"Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish sari" amaliy harakat!
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov tashabbusi bilan Yunusobod tumanida joylashgan Nurmakon, Mingchinor hamda Yo‘layriq mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasiga start berildi.
♟Mazkur musobaqa yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va faol hayot tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini shakllantirib, ularning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.
♟Musobaqa jarayonida ishtirokchilar shaxmat o‘yini orqali strategik rejalashtirish, sabr-toqat va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, sport qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda tashkil etildi.
🏆 Musobaqaning 1-bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldilar.
✔️Mazkur tashabbus yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.