2021 yil 5-iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun xujjatlarni onlayn ro‘yhatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
2021-2022 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun xujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz veb sayti orqali amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichdan, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.
TATU bo‘yicha jami 237 ta joy, undan 220 budjet, 17 tasi kontrakt.
Shifr |
Ta’lim yo‘nalishlari nomi |
Jami |
Davlat granti |
Kontrak |
5A150902 |
Kompyuter grafikasi va dizayn |
6 |
1 |
5 |
5A232801 |
Elektron tijorat |
10 |
2 |
8 |
5A234101 |
Raqamli iqtisodiyot |
5 |
1 |
4 |
5A310201 |
Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) |
4 |
4 |
|
5A330101 |
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
4 |
4 |
|
5A330205 |
Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari |
4 |
4 |
|
5A330301 |
Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
5 |
5 |
|
5A330302 |
Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
10 |
10 |
|
5A330501 |
Kompyuter injiniringi («Kompyuter tizimlarini loyihalash», «Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash», «Axborot va multimedia texnologiyalari») |
40 |
40 |
|
5A330502 |
«Elektron hukumat» tizimini boshqarish |
8 |
8 |
|
5A330503 |
Tibbiyotda kompyuter tizimlari |
4 |
4 |
|
5A330504 |
Ma’lumotlar ilmi (Data Science) |
4 |
4 |
|
5A330601 |
Dasturiy injiniring |
6 |
6 |
|
5A330701 |
Sun’iy intellekt |
6 |
6 |
|
5A350101 |
Telekommunikatsiya injiniringi («Axborot uzatish tizimlari», Telekommunikatsiya tarmoqlari», «Teleradioeshittirish») |
30 |
30 |
|
5A350103 |
Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti |
8 |
8 |
|
5A350104 |
Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi |
4 |
4 |
|
5A350105 |
Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi |
6 |
6 |
|
5A350201 |
Multiplikatsion filmlar texnologiyalari |
4 |
4 |
|
5A350501 |
Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi |
5 |
5 |
|
5A350602 |
Elektron kutubxona va arxivlar |
6 |
6 |
|
5A350702 |
Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar |
4 |
4 |
|
5A350801 |
Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha) |
8 |
8 |
|
5A350901 |
Mobil aloqa tizimlari |
14 |
14 |
|
5A350902 |
Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari |
8 |
8 |
|
5A350903 |
Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari |
6 |
6 |
|
5A351002 |
Videotexnologiyalar |
10 |
10 |
|
5A351101 |
Maxsus yoritish texnologiyalari |
4 |
4 |
|
Internet ashyolari |
4 |
4 |
Aytish joizki, joriy yildan boshlab TATUda 6 ta yangi ochilgan magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham qabul amalga oshirilmoqda.
Ular quyidagilar:
- Kompyuter grafikasi va dizayn;
- Multiplikatsion filmlar texnologiyalari;
- Tibbiyotda kompyuter tizimlari;
- Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar;
- Maxsus yoritish texnologiyalari;
- Internet ashyolari.
2021-2022 o‘quv yili uchun imtihon topshirishga quyidagi xujjatlar talab etiladi:
- oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom va unga ilova (byudjetdan o‘qiganlar uchun diplomdan ko‘chirma);
- qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;
- hujjatlar 5-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;
- hujjatlar topshirish bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;
- hozircha hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi;
- magistraturada faqat bitta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin;
- oldingi yillardan boshlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etilgan;
- imtihon faqat 2 ta fandan bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha);
- shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha);
- magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi;
- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki DTM tomonidan beriladigan V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:
- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha;
- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari o‘tkaziladi;
- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi;
- mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi;
- abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyasiyaga berishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
Magistraturani bitirgach, soha korxonalarida ma’lum yo‘nalish mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib, aynan shu soha bo‘yicha ilmiy izlanishlarni davom ettirib, pedagogik faoliyatni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
TATU matbuot-xizmati