MAGISTRATURA ABITURIENTLARI DIQQATIGA!

2021 yil 5-iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun xujjatlarni onlayn ro‘yhatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

2021-2022 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun xujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz veb sayti orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichdan, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

TATU bo‘yicha jami 237 ta joy, undan 220 budjet, 17 tasi kontrakt.

Shifr

Ta’lim yo‘nalishlari nomi

Jami

Davlat granti

Kontrak

5A150902

Kompyuter grafikasi va dizayn

6

1

5

5A232801

Elektron tijorat

10

2

8

5A234101

Raqamli iqtisodiyot

5

1

4

5A310201

Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari)

4

4

 

5A330101

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

4

4

 

5A330205

Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari

4

4

 

5A330301

Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha)

5

5

 

5A330302

Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)

10

10

 

5A330501

Kompyuter injiniringi («Kompyuter tizimlarini loyihalash», «Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash», «Axborot va multimedia texnologiyalari»)

40

40

 

5A330502

«Elektron hukumat» tizimini boshqarish

8

8

 

5A330503

Tibbiyotda kompyuter tizimlari

4

4

 

5A330504

Ma’lumotlar ilmi (Data Science)

4

4

 

5A330601

Dasturiy injiniring

6

6

 

5A330701

Sun’iy intellekt

6

6

 

5A350101

Telekommunikatsiya injiniringi («Axborot uzatish tizimlari», Telekommunikatsiya tarmoqlari», «Teleradioeshittirish»)

30

30

 

5A350103

Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti

8

8

 

5A350104

Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi

4

4

 

5A350105

Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi

6

6

 

5A350201

Multiplikatsion filmlar texnologiyalari

4

4

 

5A350501

Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi

5

5

 

5A350602

Elektron kutubxona va arxivlar

6

6

 

5A350702

Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar

4

4

 

5A350801

Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha)

8

8

 

5A350901

Mobil aloqa tizimlari

14

14

 

5A350902

Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari

8

8

 

5A350903

Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari

6

6

 

5A351002

Videotexnologiyalar

10

10

 

5A351101

Maxsus yoritish texnologiyalari

4

4

 
 

Internet ashyolari

4

4

 

Aytish joizki, joriy yildan boshlab TATUda 6 ta yangi ochilgan magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham qabul amalga oshirilmoqda.

 Ular quyidagilar: 

  1. Kompyuter grafikasi va dizayn;
  2. Multiplikatsion filmlar texnologiyalari;
  3. Tibbiyotda kompyuter tizimlari;
  4. Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar;
  5. Maxsus yoritish texnologiyalari;
  6. Internet ashyolari.

2021-2022 o‘quv yili uchun imtihon topshirishga quyidagi xujjatlar talab etiladi:

  • oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom va unga ilova (byudjetdan o‘qiganlar uchun diplomdan ko‘chirma);
  • qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;

- hujjatlar 5-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;

- hujjatlar topshirish bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;

- hozircha hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi;

- magistraturada faqat bitta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin;

- oldingi yillardan boshlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etilgan;

- imtihon faqat 2 ta fandan bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha);

- shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha);

- magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi;

- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki DTM tomonidan beriladigan V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:

- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;

- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;

- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha;

- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari o‘tkaziladi;

- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi;

- mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi;

- abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyasiyaga berishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.

Magistraturani bitirgach, soha korxonalarida ma’lum yo‘nalish mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib, aynan shu soha bo‘yicha ilmiy izlanishlarni davom ettirib, pedagogik faoliyatni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

 

TATU matbuot-xizmati